Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Islom olamining taʻlim,
fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi roʻyxatiga kiritish maqsadida Buxorodagi 7 ta madaniy
meros obyektlarning tegishli nomzodnoma hujjatlari tayyorlanib Islom Olami Merosi Qoʻmitasiga taqdim etilgan edi.
2021-yil 29-iyun kuni Islom Olami Merosi Qoʻmitasining toʻqqizinchi onlayn majlisi boʼlib oʼtgan.
Uchrashuvda Buxoro 2020-yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari koʻrib chiqilib,
Buxorodagi 7 ta:
ICESCOning Islom Olami Merosi roʻyxatiga kiritilgan va buni Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati eʻlon qilgan.
Onlayn tarzda oʻtkazilgan majlisda shuningdek, Iordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta),
Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi roʻyxatiga kiritildi.
Shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, ularni oʻrganish va xalqaro miqyosda keng targʻib qilish boʻyicha
ICESCO va Islom Olami Merosi Qoʻmitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.