Ichan qal'a - O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir...

“Ichan-Qal’a”davlat muzey-qo’riqxonasi — 

Ichan qal’a — O’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik. Xivaning ichki qal’a (Shahriston) qismi.

Ichan qal’a shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan.

U Xiva raboti (Dishan qal’a)dan baland qo’rg’ontepaga o’xshab ko’rinadi. Ichan qal’aga 4 darvoza (Bog’cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kiriladi.

Devor aylanasining uzunligi qariyib 2200 metrgacha, balandligi 7–8 metrga, poydevorining qalinligi esa 5–6 metrga teng.

Ichan qal’a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, ya’ni 26 gektar maydonni egallaydi.

Xorazm xalq me’morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal’ada.

Ichan qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961).

1990 yildan Ichan qal’a Butun jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan.