Fransiya to‘plamlarida Movaraunnahrning illyustratsiyalangan qo‘lyozmalari

Fransiya to‘plamlarida Movaraunnahrning illyustratsiyalangan qo‘lyozmalari

 “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining “Movaraunnahrning illyustratsiyalangan qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida” kitob-albomida, Movaraunnahr hududida yaratilgan, biroq turli sabablarga ko‘ra  fransuz kutubxonalariga tushib qolgan noyob qo‘lyozmalar taqdim etilganidan xabaringiz bormi?

Ular orasida- «Мe’rojnoma» diniy yodgorligi ham bo’lib, uning roʻyxati temuriylardan  Shohruh Mirzo buyurtmasiga ko’ra tuzilgan va u Paygʻambarimiz (s.a.v.) hayotidan manzaralar aks ettirilgan noyob miniatyuralarni oʻz ichiga olgan; Ulugʻbekning shaxsiy kutubxonasidan joy olgan, “taxtdagi olim”ning husnixati ekslibrisi aks etgan “Suvar al-kavokib as-sobit” ilmiy asari shular qatoridadir. Nizomiy Ganjaviyning “Mahzan al-asror”i, mashhur buxorolik mo’yqalam ustasi Mahmud Muzahhibning miniatyuralari va boshqa koʻplab  asarlar ham bor.