"Imom al-Buxoriy maqbarasi" haqida eng qiziq faktlarga nima deysiz⁉️

"YUNESKO" ning bosh konferensiyasi 1998-yilda muhim sana olim Ismoil al -Buxoriy tavalludining 1225 yilligining nishonlanishida qatnashish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Imom al-Buxoriyning maqbarasida O‘rta Osiyoning me’moriy an’analariga ko‘ra bajarilgan yodgorlik majmuasi barpo etiladi.

Yodgorlik uchun ajratilgan yerning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Majmua, Samarqand-Imom al Buxoriy avtotrassasiga tutashib ketadi va u (25 кm) ni tashkil etadi.

Majmuaning qurilishi va undagi obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida amalga oshirilgan.

Majmua qurilishida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Shahrisabzning xalq hunarmandlari va ishbilarmonlari qatnashdilar. Maqbara, masjid, ma’muriy bino va boshqalar milliy me’morchilik an’analarida barpo etilgan.

Imom al-Buxoriy - musulmon olamining taniqli muhaddislaridan biri bo'lgan…
Majmua ma’muriy binosi, janub tomonga qaragan. Majmuaga kirish, uchta yirik o‘yma arkasimon darvozalari orqali amalga oshiriladi. Darvoza-xona orqali asosiy kirishda, milliy uslubdagi katta ayvon qurilgan. Kirish darvozasining old qismida, majmuaning qurilish tarixi matni arab va o‘zbek tillarida yozilgan. Darvoza-xonaga kirishda, o‘ng tomonda ma’muriy va boshqa xonalar joylashgan. Majmuaning asosiy qismida, Imom al-Buxoriyning maqbarasi joylashgan. Kub shaklidagi bu inshootga o‘n yetti metrlik gumbaz o‘rnatilgan. Devorlar, och-yashil, havorang, oq qoplamali plitalar, marmar, onikslar bilan bezalgan. O‘ng tomonda, och-havorang oniksga ishlov berib yasalgan qabr toshi (sag‘ana) ostida al-Buxoriyning marmar bilan qoplangan qabri joylashgan. Ichki hovlining chap tomonida, maydoni 786 kv.m. bo‘lgan masjid joylashgan. Ayvonlarning umumiy maydoni 214 kv. m. Masjidda bir vaqtning o‘zida 1500 kishi namoz o‘qishi mumkin.

Mehrob tokchasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom KarimovgaSaudiya Arabistoni qiroli Fahd ibn Abdulaziz tomonidan sovg‘a qilingan kisva-Ka’baning qoplamasi osilgan. Hovlining chap qanotida, yordamchi xonalari bilan zal (miyonsaroy) joylashgan. Miyonsaroy gumbazi, boshqa gumbazlar kabi bir xi o‘lcham va hajmga ega. Bu binoda, kutubxona, ilmiy xodimlarning kabinetlari va boshqa xonalar joylashgan. Uning umumiy maydoni 946 kv.m. ni tashkil etadi. Kutubxonada, Qur’onning noyob namunalari, ilk nashrlar hamda Imom al-Buxoriyning asarlarining namunalari saqlanadi.