Ishik – badavlat qoraqalpoq ayollarining qishki kiyimi

Qishda badavlat qoraqalpoq ayollari qimmatbaho abrband ishik shoyisidan tikilgan mo‘ynali shapan kiygan.

Bunday shapanlarning yenglariga ham mo‘yna tutilardi. Ishikning chetlari va etaklariga qunduz mo‘ynasi qoplangan. Bunday choponlar yoshdan qat’i nazar kiyilgan. Biroq 15–30 yoshlilarning choponlariga jengse tikilgan. Qariyalar ushbu bezakdan foydalanishi ma’qullanmagan. Ishiklar bel qismidan metall yoki suyak spisalardan to‘qilgan popukli belbog‘ bilan bog‘langan.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.