Islom davri tangalaridagi belgilar nimani anglatadi?

VIII asr boshida Xorazm arablar tomonidan bosib olingandan so‘ng musulmon olamiga xos tangalar zarb etilishi yo‘lga qo‘yila boshlagan.

 

Avvalgi davrlardagidek tangalarda hayvonlarni aks ettirish endi kamdan-kam hollardagina uchrardi. Shu bilan birga, yakkaxudolikning arabcha formulalari va Qurʼondan hikmatli so‘zlar, yil ko‘rsatkichi va chiqarilgan joyi, keyinroq hukmdorlar ismlari kabi yozuvlar paydo bo‘lgan.

Bu paytning tangalarida arab matnlari asosan kufiy yozuvida bitildi. Burchaklarida to‘rtta nuqtasi bor uncha katta bo‘lmagan to‘rtburchak paydo bo‘lishi islom davri tangalaridagi yana bir o‘ziga xoslikdir. Bu ushbu tangalarni zarb etgan hukmdor xalq tomonidan saylangani va toj kiydirilganini anglatadi.

Toj kiydirish anʼanalariga ko‘ra, bo‘lajak hukmdor juma kuni Makkaga yuzlangan holda oq gilamga o‘tirgan va eng obro‘li hamda ishonchli odamlari uni uch marta yuqoriga ko‘tarishgan. Ushbu marosimdan keyin xon taxtga o‘tirishi mumkin bo‘lgan. Shunday qilib, uncha katta bo‘lmagan to‘rtburchak va uning burchidagi to‘rt nuqta xon o‘tirgan oq gilam hamda uni yuqoriga ko‘targan to‘rt kishini bildiradi.

Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.