Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi...

Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi —  Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa markazida joylashgan.

Minora shaharning deyarli hamma tomonidan ko'zga yaqqol tashlanib turadigan va shahardagi baland me'moriy inshootlardan biridir.

Islom xo‘ja madrasasi oldida qurilgan minora o‘zining hashamati va chiroyi bilan tomoshabinni hayratga soladi.

Minoraning balandligi 51 metr bo‘lib, uning qurilishiga yarim million g‘isht ishlatilgan.



​​​​​​Xivaliklar  “Xo‘jani minorasida to‘rt fasl va o‘n ikki oyning bezagi bor” –deb ta’riflaydilar.

Minoraga aylanma zinapoya orqali (balandligi 35 – 40 sm, 118 ta zinapoya) ko‘tariladi.

Ichkariga yorug‘lik tushib turishi uchun aylana bo‘ylab 10 ta tuynuk ishlangan.

Yuqorisining umumiy kuzatuv maydonchasida  6 ta panjarali deraza o‘rnatilgan.

Minorani   14 ta koshinli   belbog‘i   bezab turibdi.   Uning tepasiga balandligi ikki yarim metrlik misdan ishlangan qubba qo‘yib,   ustiga shamol harakatiga qarab aylanib turadigan hilol oy tasviri o‘rnatilgan.

Me'moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta'mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritildi.

Minora afsonaviy ko'rinishini Ichan qal'a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo'lib, 1990-yilda Xivadagi "Ichan qal'a” Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan.