Tarixiy Buxoro: Namozgoh masjidi
XI asrda, Qoraxoniylar sulolasidan boʻlgan hukmdor Shams ul-Mulk, oʻzining Shamsoboddagi bogʻida namoz oʻqish uchun moʻljallangan Namozgoh masjidiga asos solgan.
Bino terrakota koshinlari va oʻyilgan ganch naqshlari bilan bezatilgan. Bu Namozgohning faoliyati uzoq davom etmay, XI asrning oxirgi choragida vayron qilingan.
513 yilda Qoraxoniylar hukmdori Muhammad-Arslonxon Sulaymonning buyrug'i bilan masjidning yangi binosi qayta qurildi. Endi uning mehrobi, minbari va muhtaram shaxslar uchun baland supalari bor edi.
14-asr oxirida Amir Temur buyrugʻi bilan Namozgoh kapital taʼmirdan chiqarildi. 16-asrning ikkinchi yarmida esa, Abdullaxon II tomonidan binoni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan.
