"Iyk Ota" qayerda joylashgan ?
Yuqori Chirchiq tumanidagi “Iyk ota” ziyoratgohi yaqin vaqtlargacha juda xarob holatda edi. Ziyoratgoh 2020-yilda tuman hokimligi tashabbusi bilan toʻliq taʼmirlanib, obod maskanga aylantirildi.
Jumladan, majmuada namozxona, kutubxona qurildi, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Maqbara oʻtmish va bugungi kun bunyodkorligini oʻzida uygʻunlashtirgani bilan eʼtiborni tortadi. Hovlilar keng va shinam. Namozxonasi esa yorugʻ va charogʻon.
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu maskan ziyoratga keluvchilar va xorijiy mehmonlar uchun zamonaviy sayyohlik maskaniga aylangan.