Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqida

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) ofisida O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyaning yetakchi olimlari ishtirokidagi ilmiy brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida madaniy meros sohasida hamkorlikda ilmiy tadqiqot va noshirlik ishlarini olib borish istiqbollari, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqidaTadqiqotchilar madaniyat va tarix sohasidagi ilmiy ishlar, shuningdek, turli madaniy jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarga alohida eʼtibor qaratdilar. Mehmonlar 70 jildlik “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, 20 jildlik “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar”, faksimile ko‘rinishida chop etilgan qo‘lyozma yodgorliklar, sovg‘a nashrlari, shuningdek, hujjatli filmlar bilan tanishishdi.

Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqida

Yangi O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida madaniy merosni asrab-avaylash va ilm-fanni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan tanishish tashrifning muhim daqiqalaridan biri bo‘ldi. Bular haqida xorijlik olimlarga WOSCU raisi doktor Firdavs Abduxoliqov maʼlumot berdi. Shuningdek, u Butunjahon jamiyati faoliyatining yangi yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqida

– Ushbu loyihalarni amalga oshirishda asosiy qiyinchiliklardan biri ayrim xorijiy ilmiy muassasalar bilan aloqa o‘rnatish edi. Ilgari bu jarayon madaniy merosni muhofaza qilish borasidagi yondashuvlardagi farqlar, byurokratik to‘siqlar tufayli qiyin kechgan. Mamlakatimiz Prezidentining qatʼiyati va talabchanligi, xalqaro hamkorlar, WOSCU jamoasi ishini faollashtirish, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash va o‘rganish bo‘yicha bir maqsadni ko‘zlagan ijtimoiy masʼuliyatli biznes vakillarining Eriell Group timsolida qo‘llab-quvvatlashi tufayli mazkur yo‘nalishda sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoni yaratildi. Shu bois bugun olimlar, muzeylar vakillari bilan o‘tkazilgan ilmiy uchrashuv doirasida biz nafaqat loyihalarimizga eʼtibor qaratdik, balki sharqshunoslik, qo‘lyozma merosi sohasidagi nufuzli mutaxassislardan ham ko‘mak oldik. Umid qilamizki, endi loyihamiz yangi izlanishlar va ilmiy kashfiyotlar bilan boyib boradi. O‘rnatilgan aloqalar bizga noyob ashyolar va hujjatlar bilan tanishish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning madaniy merosi haqidagi bilimlarimizni sezilarli darajada kengaytirish, mutaxassislar va umuman keng omma uchun foydali bo‘lgan qator ilmiy nashrlar va kitoblarni tayyorlash imkonini beradi, - dedi Firdavs Abduxoliqov.

Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqida

Oksford universitetining Bodlian kutubxonasi mutaxassisi Nikolas Kontovas O‘zbekistonda fan va madaniyat sohalariga salmoqli yordam ko‘rsatilayotganini taʼkidladi.

- Ko‘ryapmanki, siz juda katta ish qilyapsiz. WOSCU Kembrij to‘plamlari haqidagi bir nechta kitoblarni nashr etdi. Bodlian kutubxonasi fondi haqida ham kitob chiqarsangiz yaxshi bo‘lardi, chunki bizning fondimizda eski o‘zbek tilida yozilgan 200 nusxa qo‘lyozma mavjud. Arab va fors tillarida yozilgan bir qancha kitoblar ham borki, ularni tadqiq qilish va nashr etish borasida WOSCU bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lamiz. Bu yerdagi kabi ilm-fan va madaniyatni beqiyos darajada qo‘llab-quvvatlash boshqa mamlakatlarda kam uchraydi. Bugungi kunda bunday yirik madaniy loyihalarni ilgari surish tobora qiyinlashib bormoqda va O‘zbekistonda xalqning tarixi va madaniyatiga bunday yuksak eʼtibor qaratilayotganidan xursandman. Bu tajriba O‘zbekistonning boshqa mamlakatlardagi obro‘-eʼtiborini yana-da oshirmoqda”, — dedi u.

Butunjahon jamiyati ilmiy kengashi aʼzosi Feruza Melvill muntazam tarzda WOSCU kongresslarida ishtirok etishimkoniyati yaratilayotgani uchunchuqur minnatdorlik bildirdi.

"Butunjahon jamiyatining ko‘plab tashabbus va loyihalarini muvaffaqiyatli amalgaoshirishda Vasiylik kengashiraisi Baxtiyor Fozilovning hissasi katta ekanligini alohidata kidlamoqchiman. Uning saʼy-harakatlari madaniy va ilmiy almashinuvni xalqaro miqyosda rivojlantirishga, jahon hamjamiyatini yangi bilimlar va madaniy yutuqlar bilan boyitishga yordam beradi", - dedi u.

Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti islom sanʼati tarixi professori Ilze Sturkenbum Markaziy Osiyodagi qo‘lyozmalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

“WOSCU ofisi o‘zining moviy shifti va oltin yulduzlari bilan O‘zbekistondagi XIV-XVI asrlar estetik didiga juda mos keladi. O‘ylaymanki, Markaziy Osiyo sanʼatini chet el muzeylari va kutubxonalaridan izlab topish juda yaxshi g‘oya. Biz bilamizki, o‘zbek sanʼatiga oid buyumlarning “sayohati” amaliy sanʼat bozori bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bilan birga, bu XVI asrdayoq Boburiylar Hindistoni o‘zbek sanʼatiga katta qiziqish bildirganligi bilan ham bog‘liq. Shunday qilib, siz nafaqat kitoblarda aks etgan merosingizni qayta tiklayapsiz, balki uning yo‘nalishlari, kelib chiqishi va harakatlarini ham o‘rganyapsiz”, - dedi u.

Sharqshunoslar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdan mamnun bo‘lib, bu boradagi hamkorlikni davomettirish istagini bildirishdi, madaniy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda bundayizlanishlar  juda  muhimligini taʼkidladilar.

Jahon sharqshunosligiga salmoqli hissa: Buyuk Britaniya, Avstriya va Niderlandiyadan kelgan ekspertlar WOSCU loyihalari haqida

Jeymi Komstok-Skipp, Oksford universiteti tadqiqotchisi – Butunjahon jamiyati aʼzosi.

 “Men bir necha yildan beri WOSCU xalqaro kongresslarida qatnashib kelaman. Mutaxassisligim Shayboniylar qo‘lyozmalarini tadqiq qilishdir. Men Jahon Jamiyati olib borayotgan hamkorlik va xalqaro hamkorlikni juda hurmat qilaman va Markaziy Osiyoda Shayboniylar davrini o‘rganishga hissa qo‘shishga tayyorman. Ushbu noyob loyihani imkon qadar keng targ‘ib qilish, nashrlarni imkoniyat doirasida ko‘proq mamlakatlar va jahondagi ilmiy-taʼlim muassasalariga tarqatish nihoyatda muhim”.

Mehmonlar Yangi O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuksak saviyada ekanligini qayd etib, kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdilar.