Bilasizmi? "Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani turk tiliga tarjima qilingan.
O‘zbek yozuvchisi Shahodat Ulug‘ qalamiga mansub "Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani golland va turk tillariga tarjima qilingan

Ma’lumki, ikki jilddan iborat "Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani 2014 yili "Yangi asr avlodi" nashriyotida chop etilgan.
O‘tgan davr mobaynida mazkur asar dunyoning turli mamlakatlarida bir necha tillarga o‘girilgan va chop etilgan.
Bundan tashqari, 2015 yili roman Londondagi "Open Eurasia and Central Asia Book Forum & Literature Festival" xalqaro adabiyot tanlovida final asari ham bo‘lgan.