Joshkun Yilmaz: O‘zbekiston miniatyura markazining chinakam markazi

"To‘g‘risi ushbu kongressda birinchi marta ishtirok etishim, ammo juda taʼsirlandim".

 

"O‘zbekiston madaniy merosi poydevori Samarqandni o‘z ichiga olgan. Tarixiy Samarqand bu metodlarning barchasini qamrab olgani ahamiyatli. Hozirgi zamonda o‘tmishning merosiga sohib chiqish va uni keyingi avlodlarga yetkazish ham juda muhim. Ushbu nufuzli tadbirni ham xayratga soladigan, ham o‘ylantiradigan voqelik deb hisoblayman.
 

Kongress o‘z ichiga ilmiy loyihalarni jamlagan. Kitob-jurnallarda taqdim qilingan to‘plamlarni bugungi avlodga tushunarli tarzda raqamli formatda ham taqdim etishni taklif qilgan bo‘lardim.
 

Miniatyura janri haqida ham gapirmoqchiman. Bugun ushbu sanʼatning madaniy meros sifatida saqlanib kelinayotgan namunalari haqida ham konferensiya tashkil etildi. Shunda O‘zbekiston chinakamiga miniatyura markazi ekanligiga amin bo‘ldim. Buni hozirgi kunda asrash va kelajak avlodga yetkazish juda muhimdir!"
 

Istanbul viloyati madaniyat va turizm direktori Joshkun Yilmaz