Kandakorlik va zargarlik bo‘yicha XX asrning eng yirik markazlari

Mis kandakorli sanʼati eng qadimiy sanʼat turidan biri hisoblanadi, ommalashishi jihatidan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘p asrlik anʼanalarga ega bo‘lgan ushbu hunarmandchilik turi O‘zbekiston hududida azaldan turli xil mahalliy maktab va markazlar doirasida rivojlanib kelgan.

Muzeydan o‘rin olgan badiiy metall kolleksiyalarining aksariyat qismi XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalariga oid buyumlar hisoblanadi. Bu davrda Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari kandakorlik va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markazlar sanalgan. Shu bilan birga, ular orasida ancha qadimiy sanalgan namunalar – xususan, XIV asrda Samarqandda ishlab chiqarilgan, qozon qo‘yish uchun mo‘ljalangan nodir bronza taglik ham bor. Unda ayol-qush shaklidagi mifologik tasvir tushirilgan, murakkab tarzda kandakorlik usulubidagi naqshlar ko‘fiy yozuvida yozilgan xayrli duolar bilan uyg‘un tarzda bezatilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.