FOYDALI TA’TILLAR: UZAYTIRILGAN QISHKI TA’TIL DAVRIDA “SEVIMLI” TELEKANALIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI HAQIDAGI FILMLAR NAMOYISH ETILADI

 

FOYDALI TA’TILLAR: UZAYTIRILGAN QISHKI TA’TIL DAVRIDA “SEVIMLI” TELEKANALIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI HAQIDAGI FILMLAR NAMOYISH ETILADI

“Sevimli” telekanali davom yetayotgan (https://telegra.ph/FOYDALI-TATILLAR-UZAYTIRILGAN-QISHKI-TATIL-DAVRIDA-SEVIMLI-TELEKANALIDA-OZBEKISTON-MADANIYATI-HAQIDAGI-FILMLAR-NAMOYISH-ETILADI-01-09) qishki ta’til kunlarida O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining hujjatli filmlari hamda “O’zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasini o’zbek tilida namoyish qila boshlaydi. Har bir film jahon muzeylarida saqlanayotgan eng boy o‘zbek kolleksiyalari haqida hikoya qiladi.

Ta’kidlash joizki, loyiha doirasida mazkur to’plamlar haqida 30 dan ortiq hujjatli film suratga olingan. Tomoshabinlar Germaniya va Italiya, Chexiya va Polsha, Yaponiya va Fransiya, Buyuk Britaniya va Rossiya va boshqa mamlakatlardagi o’zbek kolleksiyalari bilan tanishishadi.

📺Bugun, 9 yanvar kuni soat 16:15 da Sevimli telekanalida Shtutgartdagi Linden nomidagi muzeyning o’zbek kolleksiyasiga bag’ishlangan film namoyish yetiladi. Film Germaniyaning eng mashhur muzeylaridan biridagi mamlakatimiz san'at yodgorliklari haqida hikoya qiladi.

Qishki ta'til – loyihaning hujjatli filmlarini tomosha qilish uchun eng yaxshi fursatdir!
Film namoyishlarining joriy jadvalini bilish uchun @uzbculture telegram kanalimiz va loyihaning https://www.youtube.com/@user-qe9wr3ql5s/featured  YouTube kanalini kuzatib boring.

Loyiha homiysi Eriell Group neft-servis kompaniyasi. Muallif va loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqov.