Kashtachilik sanʼati azaldan O‘rta Osiyo mintaqasida qadrlangan.
Amaliy sanʼatning bu turi o‘zbek xalqining hayoti va turmushida keng tarqalgan. Qadimda ignani mahorat bilan ishlata bilmagan ayollar bo‘lmagan. Kashtalar to‘plami o‘zbek kelini sepining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan. Shu bilan birga, turmushga chiqayotgan qiz ularni o‘zi tayyorlashi kerak edi.
Kashtalar udumiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Tayyor bo‘lgan kashtada uyda to‘y davom etishi uchun, shodlik bardavom bo‘lmog‘i uchun tugallanmagan qismni qoldirish udumi juda qiziq.
Kashtalardagi boy naqshinkor tizim o‘zbek xalqining maʼnaviy hayoti, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq. Naqshinkor kompozitsiyalar ko‘pincha balo-qazolardan asrovchi moʻjizakor kuch deya tushunilgan. Kashtaning barcha unsurlari – rang, hoshiyalar, alohida belgilar muhim maʼnoga ega bo‘lgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.