O‘zbekistonda kashtachilik sanʼati mintaqada shakllangan mazkur qadimiy hunarmandchilik sohasining boy anʼanalarini meros qilib olgan.
Kashtachilikning Buxoro, Nurota, Shahrisabz, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona kabi mahalliy turlari farqlanadi. O‘zbek kashtalari xorijda ham yuksak qadrlanadi. O‘zbek kashtado‘zlarining mohir qo‘llari bilan yaratilgan kashtalar xalqimizning tarixi, madaniyati va qalbi go‘zalligini aks ettirgan holda, dunyoning ko‘plab muzeylari ekspozitsiyalarini bezab turibdi.
Kashtalarda islimiy naqshlardan tashqari zoomorf ifodalar ham mavjud. Ayniqsa, kiyik shoxi, ilon, zuluk tasvirlari juda keng tarqalgan. Tasvirlarni tanlash qadimiy eʼtiqod va urflar bilan bog‘liq bo‘lgan. Ifodali kashta namunalari arab harflaridagi ezgu tilaklar bitilgan epigrafik bezak bilan bezatilgan. O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi fondidagi kashtalarning umumiy soni – 1064 ta.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
_1.webp)
