Saida Mirziyoyeva rahbarligida Katta Langar Qurʼoni sahifalari restavratsiya qilindi.
Oʻzbekistonda saqlanib kelinayotgan VIII-asrga oid Katta Langar Qurʼoni sahifalari Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va
rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida restavratsiya qilindi.
Katta Langar Qurʼonini restavratsiya qilish ishlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining restavratsiya laboratoriyasida olib borilgan.
Jarayonda Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delo va Aurelya Streri, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining mudiri
Kamoliddin Mahkamov va kutubxonaning yetakchi mutaxassisi, restavrator Saidrahmat Ikromov,
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi konservatsiya va restavratsiya boʻlimi bosh mutaxassisi Shuhratilloh Poʻlatov,
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining Madaniy hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bobur Mirzo Sayomov ishtirok etgan.

Restavratsiya uch bosqichda amalga oshirildi. Loyihaga taklif qilingan frantsiyalik mutaxassislar uning 3-bosqichi uchun
salkam 15 oy deganda Toshkentga qaytib kelib, maxsus press ostida turgan Katta Langan Qurʼoni sahifalari restavratsiyasini yakunlashdi.

Jamgʻarma boshqaruv raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva qadimiy mushaf endilikda yana koʻp asrlar butun
insoniyatning maʼnaviy boyligi boʻlib qolishini taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, restavratsiya ishlari 2019 yilda boshlangan edi. Katta Langar Qurʼoni.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Katta Langar Qurʼoni qoʻlyozmasining 17 ta sahifasi mavjud.
Mushaf VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi, uning charm muqovasi XIV asrga tegishli.
Arabiy yozuv usullarining eng qadimiy turlaridan boʻlgan koʻfiy-hijoziy xatida bitilgan qoʻlyozma oshlangan
buzoq terisi – pergamentga muhrlangan. Sahifalarning oʻrtacha hajmi – 53x35 sm.