Kimlar mutrib, sozanda va g‘azalxon deb atalgan?

Amir Temur hukmronligi davrida turli sozlarni ijro etish san’ati ham alohida rag‘batlantirilgan. Uning majlis va ziyofatlarida musiqachilar turli etnik qatlamlarga (turk-mo‘g‘ul, xitoy, arab va boshqa) mansub cholg‘ularda ijro san’atini namoyish etishgan. Professional musiqa faoliyati turlari ham ancha kengayganini kuzatish mumkin. Xonandalarga nisbatan mutrib, go‘yanda, mug‘anniy, ijrochilarga – navozanda, sozanda, sozzan singari atamalar qo‘llangan. 

Turli she’riy va nasriy asarlarni badiiy ifodali o‘quvchi xonandalar – qavvol, g‘azalxon va qissaxonlar ham bo‘lgan. Alohida asboblar bo‘yicha kasbiy ixtisosliklar ham mavjud bo‘lgan. Barbat chaluvchi – barbatnavoz, turkiylarning qo‘biz asbobini chaluvchilar – qo‘bizchi, harbiy zarbli asbob ijrochilari – tablboz, nog‘orachi kabi nomlar bilan atalgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.