"Kino va media olami: merosga yangicha nigoh” Xalqaro konferensiyasi

Bugun, 5-noyabr kuni Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi hududida “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressi doirasida “KINO VA MEDIA OLAMI: MEROSGA YANGICHA NIGOH” Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda TURKSOY mamlakatlari vakillari: Xo‘jaquli Narliyev, Orxan Fikretog‘lu, Bayrammuhamed Bayrammuhamedov va boshqalar so‘zga chiqdi.

2023-yil 4-noyabrda bo‘lib o‘tgan Turk dunyosi mamlakatlari kino tashkilotlari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari sarhisob qilindi. Shuningdek, turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida kino ishlab chiqarish sohasida birlashishning yangi mexanizmlari muhokama qilindi.