Kino va OAV merosni qo'llab quvvatlash yo'lida: VIII WOSCU Kongressi doirasidagi TURKSOY Forumi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" VIII Xalqaro Kongressi "Yangi Uyg‘onish Davri: Kino va OAV merosni qo'llab quvvatlash yo'lida" mavzusida TURKSOY Forumiga maydon bo‘ldi.

Forum zamonaviy dunyoda madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi, jumladan: "Merosni asrovchi kino: Madaniy loyihalar va tashabbuslarni taqdim etish", va "Global ommaviy axborot vositalari hamkorligi:  Merosni saqlash uchun madaniyatlararo tashabbuslar".


Forumda turkiy tilidagi mamlakatlardan kino sanoati vakillari ishtirok etib, kino ishlab chiqarish sohasidagi tajriba, maslahat va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.


Forumda tarixiy filmlarni taqdim etish, jumladan,  "Masjid" (Rossiya "Lendok" studiyasi bilan hamkorlikda),  "Turklar Asri" (turk kino ustalari bilan birgalikda suratga olingan) va boshqa loyihalar taqdim etildi.


"Mahtumquli" kino loyihasi alohida e’tiborni tortdi.  Bu yil  YUNESKO homiyligida buyuk turkman shoiri, faylasuf va  turkman adabiyoti klassigi Mahtumquli Froghining 300 yilligi keng nishonlanadi.


Loyiha taqdimotida O‘g‘uzxon nomidagi “Turkmenfilm” uyushmasining raisining o‘rinbosari va loyiha bo‘yicha maslahatchi  S. Bayramov  film suratga olish jarayoni haqida so‘zlab berdi:


"Mahtumquli haqida badiiy film suratga olish g‘oyasini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekistonda shoir yubileyini nishonlash to‘g‘risidagi farmoni doirasida ilgari surdi.  Ushbu farmon asosida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qoshidagi Kinomatoqrafia agentligi ish boshladi va  "Turkmenfilm" uyushmasiga loyihani  birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.  Film rejissyori Muzaffar Erkinov. Bosh rolni turkman aktyori Ahmet Amundurdiyev ijro etdi.


"Mahtumquli" badiiy  filmining  premyerasini  bu  yil  noyabr oyida  Turkmanistonda  bo‘lib  o‘tadigan  "Қorqut ota"  turkiy  mamlakatlar  kino  festivalida  to‘liq  hajmda  ko‘rish  mumkin.


TURKSOY xalqaro madaniy tashkiloti forumi ishi yakunlangach,  memorandumlar imzolandi va  TURKSOY Forumining "Yangi Uyg‘onish Davri: Kino va OAV merosni qo'llab quvvatlash yo'lida" qarori qabul qilindi.