Kitobsevar hukmdor Ubaydullaxon ibn Muhmud

1512 yildan boshlab, Ubaydullaxon ibn Mahmud Buxoroga borib o‘rnashdi.

 

U kitobsevar, kitoblar kolleksiyachisi hamda xattot va musavvirlar homiysi edi. 1533 yilda Ubaydullaxon shayboniylarning oliy darajali hukmdoriga aylandi. 1535 yilda Hirotni egallab olish uchun ko‘p urinishlardan so‘ng u yana mashhur shaharni bosib oldi va uni talon-taroj qildi. 

Shunday qilib, musavvirlar va qo‘lyozmalarning Hirotdan Buxoroga ko‘chib o‘tish to‘lqini bir necha marta yuz berdi, shu boisdan XVI asrda qo‘lyozma kitoblarni bezashda Buxoro mumtoz uslubining shakllanishi turli bosqichlarda amalga oshgan. 1540 yilda Ubaydullaxonning o‘limi davriga kelib, Hirot va Behzod an’analarining Movarounnahr mahalliy an’analari bilan uyg‘unlashuvini meros qilib olgan mazkur uslub yuksak darajadagi taraqiyotga erishgan edi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.