Shahrisabzda 839/1435-yilda qurilgan Ko‘k gumbaz masjidi devori choragi yuqori qismi izorasi – frizi suls xatida yozilgan bitiklar bilan qoplangan.
Matn har bir devorining frizida butun perimetr bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi va taʼmirlash-restavratsiya ishlari jarayonida qayta tiklangan Payg‘ambar hadisini ifoda etadi: «Qorong‘ida masjidga yurib boruvchi kishilarga Qiyomat kuni mukammal nur bo‘lishini bashorat qilinglar». Muhim xabar. Allohning Payg‘ambari rost so‘zladi.
Bitik xattotlik mahoratisiz yozilgan.
Ana shu bitikning tepa qismida to‘q yashil rangdagi harflar bilan kufiy xatida – «Mulk Allohnikidir», «Boqiylik Allohga xosdir», «Saltanat Allohnikidir», «Buyuklik Allohga xosdir» shaklidagi takrorlanuvchi hikmatomuz iboralar taqdim etilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.