Ko'kaldosh Madrasasi haqida...

Ko’kaldosh madrasasi O’zbekistondagi noyob me’moriy obidalar namunasidagi tarihiy binolar turkumiga kiradi. Ushbu madrasa Movarounnahr hududida ma’rifat va ma’naviyatning yuksalishida, iymon va e’tiqodning xalq orasida shakllanishida, din va davlat arboblarini, shoiru yozuvchilarni, olimu fozillarni tayyorlashda muxim tarixiy axamiyatga ega bo’lgan maskandir.

Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Ko’kaldosh madrasasida XIX asrning oxirlarida qo’qonlik ma’rifatparvar shoir Furqat taxsil olib, keyinchalik u yerda yashab ijod qilgan hamda mudarris bo’lib ishlagan. Muqimiy ham shu madrasada tahsil ko’rgan. Taniqli mumtoz adiblar, shoirlar, olimu fozillar, davlat va din arboblaridan aksariyatining tarjimai hollariga nazar tashlasak, Ko’kaldosh madrasasi talabalaridan bo’lib chiqadilar.

Shular jumlasiga Oltinxon to’ra, Yunus Maqsudiy, Ziyovuddinxon ibn Exshon Boboxon o’g’illari ham kiradi. Madrasa binosi 1523 jilda Navro’z Ahmadxon – Baroqxonning ўrtancha o’g’li Darveshxonning vaziri Ko’kaldosh tomonidan an’anaviy me’morchilik uslubida qurilgan. Madrasa o’rta asr shaxristonining janubiy chekkasida qurilgan, xozirgi ko’cha o’rni esa handak bo’lgan. Binoni qurishda an’anaviy kompozitsiyaga rioya qilingan: chorsu hovlisi keng, hujralar va ochiq ayvonlar bilan o’ralgan. Hovlining «P» harfi shaklidagi yo’llari xujralarni masjid bilan ulaydi. Hujralar soni 38 ta bo’lgan. Madrasa dastlab uch qavatli bo’lgan. Bosh fasadi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, o’ngda darsxonalar joylashgan. Masjid va darsxonalarning usti o’zaro kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan gumbazlardan iborat bo’lgan. Miyonsaroy (vestibyul') etti gumbazli. Me’morlar madrasani bezashda, asosan binoning old tomoniga e’tibor berishgan. Sirkor parchin va girih naqshlar bilan bezatilgan hashamatli peshtoqning ikki yoniga ikki qavatli ravoq ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralar faqat peshtoq ikki yonidagina saqlangan.

Old tomonning chekka burchaklari baland guldastalar bilan tugallangan. Guldastalar ustida minorachalar bo’lgan. XVIII asr ohirlarida madrasa qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy sifatida foydalanilgan. Ko’kaldosh madrasasining 1868 va 1886 jillar zilzilalaridan zararlangan peshtoqi qayta tiklangan.

1946 yilgi Chotqol zilzilasidan ham qattiq shikastlangan. Madrasa so’nggi marta 1930-60 yillarda butunlay qayta ta’mirlangan. Minoralarning balandligi 2- qavat bilan deyarli baravarlashtirilgan. Zamonlar o’tib bir necha bor ta’mirlanishi natijasida madrasaning tashqi ko’rinishi o’zgarib ketgan. Madrasaning old tomoniga an’anaviy usulda zinapoya ishlangan Ko’kaldosh madrasasining umumiy o’lchami-62,7x44,9m, hovlisi-38x26,9 m, peshtoqi bilan birga balandligi-19,73 m.