Kolberning xazinasi - «Tazkirat ul-avliyo»

Farididdin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», ya’ni «Avliyolar tazkirasi» asari kitobxonlarga yaxshi tanish. Ushbu asarning uyg‘ur yozuvidagi turkiy tarjimasi «Me’rojnoma»ga kiritilgan.

Mazkur qo‘lyozma nafaqat tilshunoslar, balki san’atshunoslar va din tarixchilari uchun juda muhimdir. Antuan Gallan o‘z kundaligida bu kitobni 1673 yil 14 yanvarda Istanbulda sotib olingani haqida qayd etib o‘tgan. Kitob mashhur fransuz vaziri Kolberning (1619—1683) kolleksiyasi uchun sotib olingan. Kolber diniy mazmundagi kitoblarni zo‘r ixlos bilan to‘plar, mazkur qo‘lyozma esa payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va me’roji, ya’ni mo‘jizaviy tarzda arshi a’loga ko‘tarilishi bayoni bilan chindan ham noyob edi. Keyinchalik u 1732 yilda Qirollik kutubxonasiga keltirilgan.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.