Britaniya muzeyi kolleksiyalariga buyumlar asosan O‘rta Sharq bo‘limidan, Markaziy Osiyo zarbxonalari tanga va medallari, Sinszyandan keltirilgan ashyolarning katta kolleksiyasi ser Artur Steynning 1900 va 1931 yillar oralig‘idagi sayohatlari chog‘ida shakllangan.
Ko‘rinishidan, ser Artur Steyn (1862–1943) O‘rta Osiyoning boshqa hududlariga sayohat qilmagan; bu ko‘plab boshqa rus bo‘lmagan arxeologlar va o‘sha davr olimlariga ham talluqli. Ammo tutashganligi nuqtai nazaridan, muhim o‘xshashliklar bor. 1935 yilda Rossiya davlat Ermitaji Eron san’atining yirik ko‘rgazmasini tashkil qildi va uncha ko‘p bo‘lmagan Britaniya olimlari, jumladan, muzeyning birinchi olim-tadqiqotchisi Garold Plenderleyt (1898–1997) Eron san’ati va arxeologiyasi bo‘yicha Uchinchi xalqaro koferensiyaning yon tadbirida butun Sovet Ittifoqi tadqiqotchilari va mutasaddilari bilan uchrashdi.
1960 yillardan boshlab, Britaniya muzeyi va Ermitaj o‘rtasida davriy aloqalar qo‘llab-quvvatlandi. 1979 yilda Ermitajda Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Taxti quvvat shaharchasida 1876 va 1880 yillar oralig‘ida topilgan va 1897 yilda Britaniya muzeyiga vasiyat qilib qoldirilgan Oks xazinasining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Qayta qurish va mustaqillik ilmiy almashinuvlarni yanada yengillashtirdi va 1990 yillarda ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bog‘landi, O‘rta Osiyoga sayohat qilish imkoni paydo bo‘ldi. Shu tufayli turli ma’lumotlar beradigan arxeologik materiallar, asosan, Marvdan sopol parchalari, Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan rasmiy bitim (1992–2000 yillar) asosida keltirilgan Turkmanistonning janubidagi boshqa yodgorliklar bor.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.