O'zbekistonning madaniy merosi Italiya kolleksiyalarida

 O'zbekistonning madaniy merosi Italiya kolleksiyalarida

“O‘zbekiston madaniy merosi Italiya kolleksiyalarida” kitob-albomida, o‘tmishda O‘zbekiston hududida yaratilgan va hozirda Rim, Milan, Turin, Florensiya va Komodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan turli osori-atiqalar taqdim etilgan.

 Bular Afrasiyob keramikasi, temuriylar davrining meʼmoriy koshinlari, ajoyib soʻzanilar, oʻzining goʻzalligi bilan ajralib turadigan soʻnggi oʻrta asr oʻzbek xonliklari davridagi liboslarning nafis namunalari va boshqalar.

Alohida bob- Abu Ali ibn Sinoning hozirda Boloniya shahrida saqlanayotgan “Tib qonunlari” asari toʻliq matnining ibroniycha tarjimasini oʻz ichiga olgan, yagona saqlanib qolgan qoʻlyozmaga bagʻishlangan.