O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to’plamlarida

O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to’plamlarida

O‘tmishda O’zbekiston hududida yaratilgan turli ashyolar, hozirgi kunda Rim, Milan, Turin, Florensiya va Komodagi muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotganini bilasizmi?

Bular Afrosiyob sopol buyumlari, temuriylar davriga oid meʼmoriy koshinlar, muhtasham soʻzanalar, soʻnggi oʻrta asrlar oʻzbek xonliklari davrining, oʻzining goʻzalligi bilan hayratga soladigan  liboslari namunalari va boshqalardir.

 Shuningdek, “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to’plamlarida” kitob-albomida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari to‘liq matnining ibroniycha tarjimasini o‘z ichiga olgan, bizgacha yetib kelgan yagona qo‘lyozmasiga alohida bob bag‘ishlanganligini ham ta’kidlab o’tamiz, hozirda u Boloniyada saqlanadi.