Kushon podsholigi hududida kimlar yashagan?

Kushon podsholigi qadimgi davrlarning eng buyuk davlatlaridan biridir.

 

Mil. I asrdan to III asrning boshlarigacha Rim imperiyasi, Parfiya podsholigi va Xan davlatidek qudratli davlatlar bilan bir qatorda, Gʻarb va Uzoq Sharq sivilizatsiyalari o‘rtasida muhim mavqega ega bo‘lgan Kushon podsholigi ham o‘sha davr madaniy dunyosining ulkan hududlarida hukmronlik qilib kelgan.

Shoh Kanishka davrida qudratli davlatga aylangan Kushon podsholigi Hindiston yarim orolining katta qismini, hozirgi Pokiston va Afg‘onistonni, Janubiy Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan. Ushbu podshohlik asoschilari – yuyechjilar – Markaziy Osiyoning uzoq o‘lkalaridan kelib chiqqan, ammo Kushon davlatchiligining o‘zi turli xalqlarning, shu jumladan, ellinlar, baqtriyaliklar va Hindiston xalqlarining xususiyatlarini, davlat tuzumi, ma’muriy boshqaruvi, unvonlari, tabaqaviy iyerarxiyasi, dini, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘z madaniy hayotida aks ettirgan. Aslida bu saltanat, bag‘rikenglik g‘oyasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘p millatli davlat edi.

Xitoy tarixiy xronikalarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yuyechjilar Hindistonni zabt etganidan so‘ng eng qudratli va eng boy sulolaga aylandilar. Qo‘shni davlatlar uni Kushon davlati deb atashgan, Xitoy saroyi esa avvalgi Katta yuyechji nomini saqlab qolgan. Pataliputra (hozirgi Peshovar) shahri mamlakat poytaxtiga aylantirilgan.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Kushon podsholigi: sulolalar, davlat, xalq, til, yozuv va dinlar” (36-jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.