«Layli va Majnun» dostoniga bag‘ishlab chizilgan miniatyura haqida bilasizmi?

XV asr Hirot ishlaridagi alohida qahramonlarni kompozitsiyalarga kiritish usuli, «Kulliyot»ga kiritilgan, mahorat darajasi turlicha bo‘lgan musavvirlar tomonidan chizilgan boshqa miniatyuralarga ham xosdir.

Biroq Keldimuhammad aks etgan, Hirotga xos badiiy did qadriyatlari va nufuzi shiboniylar sulolasidan bo‘lgan o‘lka hokimining madaniy muhitiga to‘g‘ridan to‘g‘ri meros bo‘lib ko‘chganining ramzi bo‘lgan miniatyura Hirot namunalarini benazir bilgan va portretli miniatyura usullarini bekami ko‘st egallagan usta musavvir tomonidan yaratilgan. Yana bir portretni «Badiuzzamon huzurida bazm» deb nomlangan miniatyurada ko‘rish mumkin. 

Bu miniatyura «Layli va Majnun» dostonining kirish qismidagi shahzodaga atab bitilgan misralarga taalluqlidir. Yigitchaning sallasi Husayn Boyqaroning sallasiga judayam o‘xshaydi. N.V.Dyakonova bu ishga bag‘oyat latif ta’rif bergan: «Miniatyura birinchi toifali usta tomonidan mayin va bir qadar dilkash usulda yaratilgan, o‘rta osiyoliklar badiiy san’atiga xos bo‘lgan tashqi bo‘rttirma bezaklarga berilib ketilmagan».

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.