Germaniyaning Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlaridagi Leyspig etnologiya muzeyining ilk kolleksiyasini to‘plagan madaniyat tarixchisi va kutubxonachi doktor Gustav Klemm (1802 – 1867) butun umr insoniyat madaniyati tarixi muzeyi haqida orzu qilgan.
Uning keng ko‘lamli to‘plami deyarli 1500 saqlov birligini qamrab olgan. Ashyolardan biri “Buxorodan” deb tavsiflangan bo‘lib, bu – kosaning charm xaltasi edi.
Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan. U to‘plovchi sifatida kulolchilik namunalari – idishlar va kichik o‘lchovdagi haykaltaroshlikka alohida eʼtibor bergan. Choy ichayotgan erkaklar, otliqlar, kashtachi ayollar, kulollar qiyofalarining barchasi, ajdarholar yoki barcha sevadigan Xo‘ja Nasriddin singari ertaklar va latifalar qahramonlari qatorida uning to‘plami ajralmas qismiga aylangan.
40 yildan ortiq davr davomida u o‘z to‘plamini ilmiy nashrlar bilan qurollangan, har bir safariga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda tizimli shakllantirib borgan. U ko‘p marta O‘zbekistonga kelib, o‘z to‘plamini aʼlo darajadagi buyumlar bilan to‘ldirib borgan. 1993 yildan boshlab Leypsig muzeyi bosqichma-bosqich uning butun to‘plamini sotib olgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild, 288- 291 bet) tanishishingiz mumkin.