Mahalliy ayollarning sevimli taqinchoqlari

O‘zbekiston hududida zargarlik buyumlarining kelib chiqish tarixi ming yilliklarning qaʼriga borib taqaladi. XIX asrda ushbu hunarmandchilikning eng yirik markazlari Xiva, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo‘qon shaharlari bo‘lgan.

Har bir markaz o‘zining shakllariga va bezak naqshlariga ega bo‘lgan. Metallar orasida eng keng tarqalgani kumush, undan keyin bronza va mis bo‘lgan. Bezaklar egasining yoshi va ijtimoiy mavqeidan dalolat berib, bundan tashqari turli moʻjizakor xususiyatlarga ham ega bo‘lgan va tumor vazifasini ham o‘tagan.

Zirak, qashqarbaldoq va shibirmoq kabi sirg‘alar, uzuk va baldoqlar, bilaguzuklar mahalliy ayollarning sevimli taqinchoqlari hisoblangan. Misol uchun, Buxoroning shabaka nomli nafis bilakuzuklari juda ham mashhur bo‘lgan. Shu o‘rinda, qora ipakdan yasalib, kumush yoki zar bilan bezatilgan va uchlariga nozik marjonlar osilgan, soch kokiliga qo‘shib taqiladigan chochpopuklarni ham eslatib o‘tish joiz.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.