Mahalliy lo'lilarning odatlari

Lo'lilar hech qachon o‘z hududlariga begonalarni kiritishmaganini bilarmidingiz?

O‘rtaosiyolik mahalliy lo‘lilar va mazanglar (lo‘lilarning ikkinchi turi) suratlari katta qiziqish uyg‘otadi. Ularning kelib chiqishi, O‘rta Osiyo hududlarida paydo bo‘lishi davri, turmush tarzi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Holbuki viloyatlarda, ayniqsa shaharlarda olingan etnik suratlarda ularni tashqi ko‘rinishiga va yashash tarziga qarab darrov ajratish mumkin bo‘lsa-da, ular hech qachon o‘z hududlariga begonalarni kiritishmagan. 

Qolaversa, lo‘lilar o‘zlari yashagan hududlarda mahalliy aholi tili va ko‘pgina urf-odatlarini, moddiy madaniyatini o‘zlashtirib oladilar. Ular tojik va o‘zbek tillarida so‘zlashadilar. Mazanglar doimiy ravishda shaharlar yoki shaharlar atrofidagi qishloqlarda yashaydilar. Erkaklari temirchilik, zargarlik, duradgorlik va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar. Lo‘lilar esa tilanchilik qilishadi. Ayrim ayollari ot yolidan paranji bilan birga ishlatiladigan, yuzni yashiradigan chachvon to‘qiydilar.  Ular ko‘chib yashashadi. Ularning qo‘nalg‘alari shahar atrofida, katta bozorlar  yaqinida joylashgan.

Boshqa shaharlik ayollardan farqli o‘laroq lo‘li ayollar yuzlarini yashirmaydilar. Shu sababli o‘sha davr fotosuratchilari nafaqat ularning erkaklarini, balki yosh va kayvoni ayollarini ham, ularning yuzlarini, o‘zbek ayollarining kundalik kiyimlari rusumidan qolib ketgan eskicha kiyimlarini fotomuhrlash imkoniga ega bo‘lishgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

Mahalliy lo'lilarning odatlari
Mahalliy lo'lilarning odatlari