«Mahzan ul-asror»ning Buxorodan Parijga sayohati

Fransiya Milliy kutubxonasida Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan ul-asror» dostonining qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Mazkur qo‘lyozma juda chiroyli ziynatlangan bo‘lib, uni Aleksandr Dyubuadan xarid qilgan.

«Mahzan ul-asror» dostonining qo‘lyozma 1867 yilda bo‘lib o‘tgan, ilk marotaba Yaqin Sharqning san'at asarlari namoyish qilingan va jamoatchilik shu paytgacha o‘zi uchun noma'lum bo‘lib kelgan «Fors san'ati»ni kashf etgan Parij Butunjahon ko‘rgazmasidan bir yil o‘tar-o‘tmas sotib olingan. Qo‘lyozma badiiy qiymati yuksak bo‘lgani tufayli xarid qilingan. «Mahzan ul-asror»ning mazkur qo‘lyozma nusxasi tarixi nihoyatda g‘ayrioddiy. Uning matni mashhur xattot Mir Ali Husayniy al-Kotib tomonidan 944 hijriy yil oxiri/1538 yil may oyida ko‘chiriladi va uning kolofonida qayd etilishicha, u kitobdor Sulton Mirakning ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilgan. Sulton Mirak Buxoroda Shayboniyxonning kutubxonasi va badiiy qo‘lyozmalar tayyorlash bo‘yicha saroy ustaxonasi mudiri bo‘lib, yangi kitoblar yaratishga mas'ul bo‘lgan. Qo‘lyozmadagi ikkita miniatyura Buxoroda ishlangan va Ubaydullaxon saroyining mashhur musavviri Mahmud Muzahhib Hiraviy tomonidan imzolangan. Ikkinchi miniatyura 952/1545—1546 yillarda chizilgan bo‘lib, sulton Abdullazizxonning hukmdorligi davriga to‘g‘ri keladi.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» (XXIX jild) kitob-albomida  tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.