Turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratish natijasida, O‘zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.
Bu O‘zbekistonning imijini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat va sayohatbop o‘lka sifatida e'tirof etilgan.
Xususan, “Wanderlust”ning 2022-yildagi tashrif buyurish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatidan O‘zbekiston ham o‘rin oldi.
Unda iqlimi, ajoyib manzarasi va bozorlarida barcha mevalarning mavjudligi sababli O‘zbekiston kuz oyida sayohat qilish uchun qulay deb topildi.

Ushbu yilda “Forbes” jurnali ham O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qilinmoqda.
Avval aytib o‘tganimizdek, O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari — Buxoro, Samarqand, xiva eng qadimiy shaharlari bo‘lib,
necha ming yillik tarixni o‘zida mujassamlashtirganligi sababli YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Dastlab, xivaning Ichan qal'a shahri madaniy ob'ektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
So‘nggi yillarda mashhur shaxs va blogerlarning O‘zbekistonga tashrifi ko‘payib bormoqda.
Ulardan Mark Vins (Migrationology blogi muallifi), xolid al-Amiri, Nosir Yosin Nas Daily blogi muallifi,
u O‘zbekistonga yangi Osiyo mamlakati sifatida ta'rif beradilarni ko‘rsatish mumkin.
Bu sohada ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani bilan bir qatorda, hali tuzatilmagan kamchiliklar ham mavjud.
Jumladan, ba'zi turistik marshrutga kiritilgan aksar hududlarda Wi-Fi zonalarining etishmasligi,
eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuruvchi shaharlararo avia hamda temir yo‘l qatnovlari sonining kamligi, zarur infratuzilmaning yaratilmaganligi,
sayyoh va mahalliy aholiga taklif etilayotgan mahsulot va xizmat ko‘rsatishda ikki xil standartning mavjudligini qayd etish mumkin.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan taniqli rossiyalik blogyer Ilya Varlamov Samarqand shahri infratuzilmasidagi kamchiliklarni sanab o‘tganini keltirish mumkin.
Misol uchun, u yo‘llarning notekisligi va tramvay yo‘llarining yaxshi yotqizilmaganini qayd etgan.
Shundan so‘ng shahar ma'muriyati ularning ayrimlarini tuzatdi. Uning ijobiy fikrlari sifatida shahar aholisining mehmondo‘stligi,
Registonning go‘zalligi va mazali palovini keltirib o‘tadi.

Umuman olganda, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarning umumiy dinamikasiga e'tibor beradigan bo‘lsak,
O‘zbekiston turizm yo‘nalishida endi nom chiqarayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi.
Uning asosiy o‘ziga jalb etuvchi yo‘nalishlari sifatida bugungi kunga qadar asosan Samarqand, Buxoro, xiva kabi shaharlar qayd etib o‘tilgan bo‘lsa,
bugunga kelib Andijondan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qadar bo‘lgan hududda zarur infratuzilmaga ega maskanlar barpo etildi va etilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘istonda Orol dengizi (Kemalar qabristoni), Savitskiy muzeyi, Navoiy viloyatida Sarmishsoy muzey qo‘riqxonasi,
Surxondaryoda budda diniga oid manzilgohlar (bu obidalar asosan Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan keladigan sayyohlarni jalb etishi kutilmoqda),
Jizzaxda Zomin va Baxmal tumanlaridagi ekoturizm manzilgohlari kabilarni keltirib o‘tish mumkin.