Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi.
Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.
Mashhur Chust do‘ppisi bo‘lgan tus do‘ppi qora fon va to‘rtta qalampirli oq naqsh ega, gardishi – o‘n olti qator arkadan iborat. Chust do‘ppisi erkaklar milliy bosh kiyimiga aylangan. Namanganda qilingan chust do‘ppilari qisqa va keskin egilgan gajakli yaxlit bodom naqshi va ancha baland gardish bilan ajralib turadi. Uzunchoq, ravon, ingichka qalampirli Marg‘ilon do‘ppilari Chust do‘ppilariga juda yaqin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.