Mavlono Kavkabiyning mashhur asarlar

Movarounnahrning bir qator shaharlarida, Hindistonda, Eronda, Usmoniylar saltanatida Kavkabiyning asarlari ta’sirida yaratilgan mashhur va muallifi noma’lum, musiqaga oid o‘nlab qo‘lyozmalar aniqlangan.

 

Kavkabiyning «Musiqa haqidagi risola»si vamusiqa hamda she’riyatga bag‘ishlangan bir qator asarlari O‘rta Osiyoda, xususan, Buxoro va Xorazmda keng tarqalgan. Kavkabiyning «musiqiy» she’rlari («Kulliyot», «Masnaviy», «Musiqa haqidagi risola»dan olingan to‘rtliklar va boshqalar), Buxoro va Xorazmda ko‘chirilgan bayozlarda, Shashmaqom va Xorazm maqomlari haqidagi qo‘llanmalarda, buxorolik shoirlarning risolalarida va boshqa manbalarda tez-tez uchraydi. Kavkabiyning she’riy ijod namunalaridan ayrimlari hozir ham Buxoro va Dushanbedagi maqom ijrochilari repertuaridan o‘rin olgan. 

Kavkabiy asarlariga bo‘lgan talabning yuqoriligi ko‘pincha keyingi o‘rta asrlarga oid musiqiy madaniyat namunalari qisqa va lo‘nda bayon etilgani bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari, masalan, «Kulliyot»ning she’riy bayoni yoki musiqiy ohanglar haqidagi qarashlari xuddi ilohiy sirlar singari jarang sochib, o‘z davri musiqiy timsollariga aylangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.