Mehnat mavzusining miniatyura sanʼatida ilk asoschisi kim?

O‘rta asrlar Sharq sanʼatidagi mehnat mavzusi miniatyura tasvirlarida birinchi marta Behzod tomonidan Bibixonim masjidi (rasmga qarang) va ushbu qo‘lyozmada batafsil yoritilgan Xavarnak qalʼasi qurilishi tasvirlangan miniatyuralarda to‘liq yoritib berilgan.

Behzodga qadar musulmon miniatyurasida faqat Firdavsiyning «Xalqini hunarmandchilikka o‘rgatayotgan Jamshid» (“Shohnoma”. 1430 yil Tehron. Guliston saroyi kutubxonasi) asarining bitta syujetida har biri o‘z ishi bilan shug‘ullanayotgan hunarmandlar –to‘quvchi, qurolsoz, tikuvchi, temirchi, naqqosh va boshqa kosiblar tasvirlangan. Behzod bu borada to‘liq bilimga ega bo‘lgan holda, batafsil mehnat jarayonini namoyish eta olgan. «Xavarnak qasrining qurilishi» syujeti Nizomiyning “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi «Haft paykar» («Yetti go‘zal») dostoniga ishlangan. Meʼmor Simnar shoh Bahromning buyrug‘iga binoan qurilgan, kunning turli vaqtlari va ob-havo o‘zgarishiga qarab rangini o‘zgartirib, sehrli jozibasi bilan barchani hayratga solib turadigan qasr qurilishida besh yil mehnat qiladi. 

Nizomiy yozgan matnda qalʼaning nihoyatda xayoliy tavsifi berilgan – u binoni tushda ko‘rganlari bilan taqqoslaydi. Yazdiyning “Zafarnoma”si uchun ishlangan illyustratsiyalardagi kabi, Behzod o‘zi yashagan davrda Hirotda ko‘plab go‘zal inshootlarning qurilish jarayonlarini kuzatgan bo‘lishi mumkin va bu o‘z-o‘zidan ushbu qurilish jarayonini tasvirlash imkoniyati paydo bo‘lganligi bilan uni o‘ziga jalb qilgan. Kompozitsiyani biroz o‘zgartirib, quruvchilar obrazlarini yana-da ko‘proq holatlarda tasvirlash orqali u aniq tafsilotlar bilan to‘ldirilgan mehnat jarayonining dinamik kartinasini yarata olgan. 

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.