«Me’rojnoma»ning 1317—1335 yillarda Tabrizda ko‘chirilgan tasvirlari chiroyli avvalgi qo‘lyozma nusxasidan olingan ba’zi varaqlar Istanbuldagi To‘pqopi saroyining kutubxonasi ro‘yxatiga «H. 2154» raqam bilan kiritilgan.
Qur’onda qisqacha aytib o‘tilgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning me’rojga ko‘tarilishi haqidagi hikoya islomning dastlabki asrlaridan boshlab arab va fors adabiyotida o‘z aksini topgan. Biroq Parij «Me’rojnoma»sining matni turkiyzabon yozuvchi-baxshi tomonidan yozilgan. Manbalarda uni uyg‘ur alifbosida ijod qilgan turk shoiri Mir Haydar Tilbe, 1410—1415 yillari Sherozda yoki Isfahonda Iskandar Sultonga atab yozganligi qayd etilgan, biroq asarning matni Parij nusxasidan boshqacharoq bo‘lishi kerak, chunki Iskandar sulton qo‘lyozmadagi Shohruxning e’tiqodiga zid ravishda shia ta’limotini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bois Shohrux uchun yozilgan matn mazkur dastlabki talqinga qaraganda o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.