Milliy tasviriy san’at maktabining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan rassomlar (I qism)

DSM kolleksiyasida qoyilmaqom ishlar mavjud. 1920 yillarga mansub A. Volkov ijodida novatorlik ruhi hamon kuchli bo‘lib qolayotgandi.

 

Bular «Musiqachilar», «O‘zbek qo‘shiqchilari», «Eski shahar ko‘chasi», «Dehqonlar dam olishda» va boshqa shu kabi asarlarda rassom o‘zbek xalqining an’anaviy maishiy hayotini tasvirlabgina qolmay, ayni paytda kundalik hayotda ro‘y berayotgan yangiliklar va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham aks ettirishga urindi. Rassom ijodida yangi mavzu va obrazlar paydo bo‘lgan esa-da, ularning talqinida kubizm va ekspressionizm ta’siri kuzatiladi. Eng avvalo rassomning ayrim ishlari uning ijodida avangarddan realizmga o‘tish davri yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rassom kartinalari ranglarning o‘ziga xosligi va monumental jarangdorligi bilan ajralib turadi. 

A. Volkovning shaxsiy ko‘rgazmalari 1920, 1921, 1923 yillarda Toshkent va Moskva shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmalarda DSM fondlari uchun kartinalar sotib olindi. DSM kolleksiyalarida mo‘yqalam sohibi Usto Mo‘min (A. Nikolayev)ning mashhur «Bahor», «Dutorchi», «Bedanaboz», «Choyxonachi» kabi asarlari mavjud bo‘lib, ularda rassomning mohir ijodiy naturasi va shaxsiy qarashlari namoyon bo‘ladi. 

Usto Mo‘mindek yorqin badiiy shaxsiyatning oyoqqa turishida rus ikona rassomchiligi, xalq san’ati, xususan san’at o‘ymakorligi va ganchkorligi katta ta’sir ko‘rsatdi, ya’nikim rassom ularga alohida e’tibor qaratgan. Butun ijodi davomida rassom xalq san’ati bilan faxrlanishdan va obrazli talqinning o‘ziga xosligini o‘rganishdan tinmadi, xalq san’atining nafaqat shakliy-plastik xosligi – linear ibtidosi, rangin soyasining qattiqqo‘l tonal ishlanmasi, ranglari tarkibi, intihosi, xalq san’ati asarlarining musiqali ritmlari, balki unda xalq hayoti va qadriyatlari talqin etilishini noziklik bilan qabul qildi. DSM jamlanmalarida mavjud bo‘lgan rassom ishlarida italyan uyg‘onish klassik an’analarining suprematistik tamoyillari bilan nozik birikmasini qayd etmaslik mumkin emas. Biroq sharqona talqinda etikaga e’tibor, uslubiy ifoda va original yondashuv kishini lol qoldiradi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.