“Miniatyura san'ati” YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining YuNeSKO masalalari bo’yicha komissiyasi bayonot berdi.
Bayonotga ko’ra, 2020 yilning 16 dekabr kuni YuNeSKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining
XV-sessiyasida "Miniatyura san'ati" YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, Turkiya, Ozarbayjon, Eron va O’zbekiston hamkorligida ko‘p millatli "Miniatyura san'ati" elementini insoniyatning
nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod qilib ko’rsatildi.
Nomzodlar to‘plami ushbu davlatlarning YuNeSKO masalalari bo‘yicha komissiyalari tomonidan hamkorlikda tayyorlandi.
Natijada, "Miniatyura san'ati" 16 dekabr kuni bo’lib o’tgan YuNeSKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha
hukumatlararo qo‘mitasining XV sessiyasida YuNeSKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Shu kunga qadar YuNeSKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga Turkiyadan 19ta nomzod qabul qilingan.