Misdan va jezdan yasalgan buyumlar qanday turlarga bo‘linadi?

Mis kandakorli sanʼati eng qadimiy sanʼat turidan biri hisoblanadi, ommalashishi jihatidan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Ko‘p asrlik anʼanalarga ega bo‘lgan ushbu hunarmandchilik turi O‘zbekiston hududida azaldan turli xil mahalliy maktab va markazlar doirasida rivojlanib kelgan. Bajarilish texnikasiga ko‘ra mis va jezdan yasalgan buyumlar quyma va kandakori turlariga bo‘lindi. Bunday mahsulotlarning mahalliy o‘ziga xosligi, asosan, bezaklarning naqshinkorligida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bezaklar zarb qilish – kandakori, bosib naqsh solish – bosma va o‘yma naqsh solish ulubida yoki toshkesar qalam bilan yo‘nish – chizma usuli yordamida ishlangan. Qopqoqlarni, idishlar uchun tutqichlarni va tagliklarni tayyorlash uchun quyma va shabaka, deb nomlanuvchi o‘yma naqsh ishlatilgan. Ko‘plab buyumlarga nafis o‘yma, chizma va kandakori usullarida naqsh berilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.