Misrdagi Piramidalarni kim qurgan va unda qanday sirlar bor...?

Misrdagi Piramidalarni kim qurgan va unda qanday sirlar bor...?

Piramida Misrning tashrif qog'ozi hisoblanadi va uni eramizdan avvalgi 3-ming yillikda ya'ni deyarli 5000 yil oldin qurishgan.

Ularni qanday qilib qurishgan? Buning boshida kim turgan?

Piramidalarni qurishda foydalanilgan bloklar og'irligi 16 tona  bo'lgan va uni tashish uchun esa kamida 45 ta ishchi kuchi kerak bo'lgan.
- Bu ma'lumot  Denis Stoks "Misr arxeologiyasi tajribasi" kitobida keltirib o'tgan.

Eng mashhur Misr piramidalari Qohira shahri chetidagi Giza platosida topilgan.
Giza piramidalarining bir nechtasi hozirgacha qurilgan eng yirik inshootlardan biridir.
Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi boʻlib, ushbu ehrom hozirgacha saqlanib qolgan yaqona Dunyoning yetti moʻjizasidan biridir…



Bitta piramidaning qurilishi 20 yildan. 30 yilgacha vaqt olgan. Misrda esa 118 ta piramida mavjud. 
"Xeops" piramidasini 2 ta asosiy va yordamchi guruh qurgan.

  1. Asosiy guruh toshchilar va yukchilardan iborat bo'lib unda 4000 ta ishchi bo'lgan.
  2.  Yordamchi guruhda 16 000 dan 20 000 gacha ishchi ishlagan.


​​​​​​​

Og'ir bloklarni ishchilar qanday tashishgan?

— Ishchilar og'ir bloklarni  qumni namlantirish orqali tashishganligi isbotlangan.
​​​​​​​Nam qum tortish kuchini 2 marotaba yaxshilashi aniqlangan

PIRAMIDA USTIGA CHIQISH TAQIQLANADI!