Movarounnahr maktablarining o'ziga xosligini G'arbda ochilishi

Ma’lumki, Franstiya va boshqa G‘arb mamlakatlarida Sharq qo‘lyozmalariga qiziqish azaldan yuqori bo‘lgan. Ayniqsa, bu qiziqish XIX asrning so‘nggi choragida keng tarqalgan.

Dastlabki bosqichda olimlar barcha ilmiy, tarixiy, adabiy va diniy matnlarni to‘plashga va ularning mazmunini o‘rganishga intilgan. Shundan keyingina ular to‘plangan materiallarni tasniflashni boshladilar. Ilk marta 1910 yilda Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tkazilgan («Islom san’ati durdonalari») ko‘rgazma kataloglarini tayyorlash va ko‘rgazmani tashkil etish jarayonida Movarounnahr maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Ular olimlarga XV asrning birinchi yarmida Shohrux va Boysung‘ur hukmronlik davrida Hirotning buyuk temuriylar maktablarini, shuningdek, shu asr oxirida Sulton Husayn Boyqaro va uning vaziri Navoiy davridagi maktabni kashf etishga yordam berdilar. Shuningdek, ular XVI asr davomida Buxorodagi shayboniylar hukmdorlari homiyligida maktablar juda faol ish olib borganligini amalda isbotladilar.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.