Movarounnahr tarixi qiziqqan fransuz kollektsiyachisi

Sharq qo‘lyozmalarining fransuz kollektsiyachilarini doim qiziqtirib kelgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Sharq qo‘lyozmalarining eng katta fransuz kollektsiyachilaridan biri bo‘lgan Sharl Shefer (1820—1898) nafaqat arab, fors va turkiy tildagi matnlarga qiziqqan, balki naqshlangan va suratlar bilan bezatilgan qo‘lyozmalarni ham to‘plagan. Shefer — sharqshunos va tarjimon, 1871 yildan keyin esa Sharq tillari frantsuz maktabining professori va direktori ham bo‘lgan. Ziyoli olim sifatida u Yaqin Sharqdagi ko‘plab mutafakkirlar bilan yozishmalar olib borgan; ularning ba'zilari unga qiziqarli qo‘lyozmalar jo‘natganlar. Masalan, 1890 yilda Myuller Toshkent gimnaziyasi o‘qituvchisi Bonvalo ismli shaxs orqali Charlьz Sheferga hozirda “Supplément turc 1189 va Supplément turc 1190” raqamlari ostida saqlanayotgan qo‘lyozmalarni yuborgan.

Sheferni turk adabiyoti va Movarounnahr tarixi qiziqtirgan. 1899 yilda uning qo‘lyozmalar to‘plami butunligicha Frantsiya hukumati tomonidan sotib olinadi va Frantsiya Milliy kutubxonasiga taqdim etiladi. Bu noyob kitoblar orasida Movarounnahrning bezakli qo‘lyozmalari ham bor.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.