Moʻynoqdagi Orol dengizi muzeyi yoki Moʻynoq ekologik muzeyi

Moʻynoqdagi Orol dengizi muzeyi yoki Moʻynoq ekologik muzeyi

Qiziqarli faktlar


Orol dengizi muzeyi 1984 yilda, Moʻynoq tumanining eng chekka qishlogʻida joylashgan, Moʻynoq va kemalar qabristonidan atigi bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan madaniyat uylaridan birida tashkil etilgan.
Muzey asoschisi- doktor Yeserkepov boʻlib, u koʻp yillar davomida Orol dengizi taqdiriga oid koʻplab eksponatlarni toʻplagan.

Ayni paytda, muzey kolleksiyasida Orol dengizi hayoti va tarixi, shuningdek, asosan baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi mahalliy aholi hayotini aks ettiruvchi 200 dan ortiq turli-tuman eksponatlar mavjud.
Xususan, kolleksiyada Orolboʻyi hududlarining oʻsimlik va hayvonot dunyosidan namunalarni, hanuzgacha, Orol dengizi  oʻzining ilgarigi chiroyli koʻrinishi bilan tasvirlangan turli fotosuratlarni koʻrish mumkin.
Muzeyning asosiy mulki - go'zal manzarali suratlar - taniqli rassomlar Rafael Matevosyan va Faim Madgazinlarning chizgan rasmlari.

Ularning iste'dodli qo'llari ostidan Orol dengizining tanazzulini aks ettiruvchi go'zal va ta'sirli suratlar chiqqan. “Dengiz ketdi”, “Qumdagi kemalar” deb nomlangan kartinalarda, bu rassomlar sayozlashib borayotgan  Orol dengizini aynan shunday kompozitsiyalarda ko'rganlar va o'sha ko'rinishni  o'zlari chizgan kartinalarga ko'chirishga muvaffaq bo'lganlar.