Muzeylarda "Museum shop" lar ishga tushadi...

2022-yilda mamlakatimizdagi har bir davlat muzeyida muzey do‘koni ochiladi, u yerda tashrif buyuruvchilar muzey brendi
va savdo belgisi ostida noyob muzey eksponatlari nusxalarini xarid qilishlari mumkin.

Bugungi kunda Madaniy meros agentligi tizimida 37 ta muzey va ularning 67 ta filiali faoliyat yuritmoqda.
Shulardan 7 tasi muzey-qoʻriqxonalar, 12 tasi uy-muzeylardir.

Respublika muzeylari fondlarida jami 2400000 ta eksponat va kolleksiyalar mavjud boʻlib,
ulardan 1700000 dan ortigʻi asosiy fondda, 600000 tasi ilmiy yordamchi fondda saqlanadi.

Сурат рақами 23713 – Газета.uz

“Virtual muzey” loyihasi bo‘yicha Toshkentning 18 ta muzeyida 3D-so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Panoramalar roundme.com va vrmuseum.uz platformalarida (TasIXda) joylashtirilgan.

Bu ishni 10 % bajarilgan va 2022-yilda esa buni 55 % yetkazish maqsad qilingan!

Eslatib oʻtamiz! 2021-yilda muzeylarda raqamli IT - texnologiyalar joriy qilindi va 12 K va 3 D ya'ni virtual muzey yaratilgan edi.