Yevropada Avisenna nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali Ibn Sino 16 yoshidayoq hukmdorni davolaydi va shohning mashhur kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritadi. Shu asnoda u o’z bilimlarini davom ettirib boradi.
XV asrda Ispaniya va Italiyada Ibn Sinoning «Qonun» asari tarjimalarining bir necha nusxalari rasmlar bilan bezatildi, biroq ularning hech biri Bolonyada saqlanayotgan nusxa bilan tenglasha olmaydi: qo‘lyozma boshqalardan boy bezaklari va ajoyib miniatyuralari bilan ajralib turadi. Qo‘lyozma avval xususiy mulk egasiga tegishli bo‘lgan. XVIII asr oxirida Napoleon qo‘shinlari tomonidan o‘g‘irlangan va Fransiyaga olib kelingan. Imperator taslim bo‘lganidan so‘ng u Bolonya Pop kutubxonasiga qaytarilgan (hozirgi kunda u Universitet kutubxonasi hisoblanadi).
Qo‘lyozmaning bezatilgan hoshiyasida tomir urishini o‘lchash singari o‘rta asrlar diagnostikasining keng tarqalgan uslublari, sog‘liqni saqlash choralari – cho‘milish, qon oldirish va gelioterapiya tasvirlangan. Ushbu qo‘lyozma O‘rta asrlar tibbiy tasvirlarining eng muhim to‘plamlaridan biri ekani shubhasiz.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” (XXXII jild, 48-49-50-51-betlarida) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.