Naqshli devorlar: o'zbek interyeridagi dekorativ to'qimachilik

Pragadagi Milliy galereya 1796 yildayoq ish boshlagan Vatanparvar sanʼat ixlosmandlari jamiyati Rasmlar galereyasining bevosita davomchisi hisoblanadi.

1902 yilda Chexiya qirolligi zamonaviy galereyasiga asos solinib, jamlanma va ko‘rgazma faoliyatida XIX–XX asrlarda yaratilgan sanʼat asarlari to‘plangan. Chexoslovakiya mustaqillikka erishgandan so‘ng 1918 yil Rasmlar galereyasi tasviriy sanʼat asarlarini to‘plash borasida asosiy muassasaga aylandi. Rasmlar galereyasi va Zamonaviy galereyaning davomchisi bo‘lgan, zamonaviy atamadagi Praga milliy galereyasi 1949 yilda qabul qilingan qonunga asosan tashkil etilgan. Hozirgi davrda u Chexiya Respublikasining tasviriy sanʼat asarlari namoyishchilari ichida eng katta majmua hisoblanadi.
         
XIX asrning oxirida O‘rta Osiyoga Afg‘oniston, Angliya, Rossiyadan fabrikada to‘qilgan matolar keltirila boshlagan. Natijada ayollar rangli asosda – qizil, sariq, siyoh ranglardagi matolarga kashta tika boshlashgan. Baʼzida astar sifatida shoyidan ham foydalanishgan. Mato va hatto kashta oilaviy muhitda tayyorlansa-da, naqsh nusxalarini malakali chizmakashlarga buyurtma qilishgan.
        
Hashamdor devor pardalaridan foydalanish birmuncha chegaralangan. Asosan ularni bayramlarda ilishgan. Ular ko‘pincha devor kamchiliklarini yopishda, qurilgan mebel eshigi vazifasini o‘tashda, shuningdek uyning yotoq qismini ajratishda ishlatilgan. Galina Chepeleveskaya XIX – XX asr boshlaridagi o‘zbek uyining anʼanaviy tuzilishi va uning ichki interyeridagi kashtaning o‘ziga xos turlarining o‘rnini tasvirlagan. Usta o‘zining maʼlumotlarida kashta bezaklarining jimjimador naqshli pannolar joylashuvi bilan butun devor yuzasini qoplashga urinishganini alohida taʼkidlab o‘tgan.
        
Bino kirish qismining ro‘parasidagi devorda uchta taxmon mavjud bo‘lgan. Ikkita yon boshidagi taxmonlarga kiyim va ko‘rpa-to‘shaklarni joylashgan. Bu taxmonlar tikilgan choyshablar bilan bezalgan. O‘rtadagi taxmon choyshab, ko‘rpa va yostiqlarni saqlashga hizmat qilgan va kirpech (ko‘rpa-to‘shak saqlanuvchi taxmonga ilinadigan parda) kashtali parda bilan yopilgan. Baʼzida taxmon joylashuvi boshqacha, katta taxmon o‘rtada, kichkinalari esa ikki yon boshida bo‘lgan. Tikilgan panel dorpech shift tagida joylashgan bo‘lib, hoshiyasi bilan xonaning ingichka devorlariga o‘zgacha ko‘rinish bergan. Dorpech paneli zebidevor (zardevor) paneli, shuningdek xonaning uzun devorlari bilan ulangan. Ammo uyning interyerida qo‘llaniladigan, tikilgan kashtalarning ro‘yxati shu bilan tugamagan. Matodan tikilgan va kashta solingan buyumlarning boshqa turlari oilaviy bayram va marosimlar, ayniqsa to‘yda yosh kelin-kuyovlar uyini bezashda ishlatilgan. Xalq bunday udumlar yangi turmush qurganlarni yomon ko‘zlardan asrashiga ishongan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlarida” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.