Navoiyning bezakli qo'lyozmasi — "Kulliyot"

Shuni tan olish kerakki, Shayboniy Keldimuhammadxon uchun Toshkent yaqinidagi Shohruhiyada tayyorlangan qo‘lyozmalarda ayniqsa Hirotning ta’siri seziladi.

 

Ushbu qo‘lyozmalar orasida biz Rossiya Milliy kutubxonasidagi sanasi 1521–1522 yillar deb ko‘rsatilgan, miniatyuralari yaqinda to‘liq nashr etilgan va o‘rganilgan Mir Alisher Navoiyning bezakli, nihoyatda ajoyib «Kulliyot» qo‘lyozmasini bilamiz. Keldimuhammadxon Shayboniyxonning amakivachchasi, keyinchalik, 1525 yildan 1532 yilgacha Toshkent hokimi bo‘lgan. Qo‘lyozmamizning sanasini «Kulliyot»ga nisbatan qanday aniq belgilashni bilmaymiz, ammo ular orasida katta o‘xshashlik mavjud. Supplément persan 2038 raqamli qo‘lyozma miniatyuralarida, ayniqsa, erkak va ayol tasvirlarida Hirot uslubining ta’sirini ko‘rish mumkin.


Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.