Xiva xonligi vakillarining, jumladan xonning shaxsan o‘zi – Said Muhammad Rahimxon II Bahodirxon portretini 1873 yilda xon Rossiya bilan tinchlik sulhini tuzgandan so‘ng – Ye.G. Krivsov amalga oshirdi.
Portretda xon o‘ttiz yoshga ham to‘lmagan. U hali o‘spirin, holbuki u o‘n yildan beri davlatni boshqarardi. I. Voljinskiy tushirgan xonning keyingi fotosuratlari 1880 yillar oxiri 1890 yillar boshlanishiga oid. Said Muhammad Rahimxon II Bahodirxon (1845–1910 yillar) – Xiva xonligi qo‘ng‘irot o‘zbeklari sulolasining oxiridan ikkinchi vakilidir.
U ma’rifatparvar hukmdor bo‘lib, Xivaning mashhur Arab Muhammadxon madrasasida ta’lim olgan. Uning ustozi mashhur o‘zbek shoiri, Xorazm tarixi haqidagi kitoblar muallifi Muhammad Rizo Ogahiy (1809–1874 yillar) bo‘lgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.